Rashkni deb sevgan qizini hammaga ovoza qilgan yigit yoxud AirTag orqali qizlarni kuzatishning oqibatlari
Rashk nimalarga olib kelmaydi deysiz. Hatto turmush qurmagan yoshlar orasidagi assosiz rashk oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Avvalo, inson sevgan kishisiga to‘laqonli ishonsa, hech qanday shubha-gumonlarga asos qolmaydi. Ammo rashkning haddan ziyodi siz ko‘z qorachig‘idek asrab, hammadan qizg‘ongan kishingizni butun olamga ovoza qilishi ham hech gap emas! Masalan, aynan shu rashk tufayli 19 yoshli qizning sevgan yigiti Apple AirTag geotegi orqali 6 oy davomida o‘ziga sezdirmay kuzatib yurgani ham bugun internet sahifalarining asosiy yangiliklaridan biriga aylandi.
Bilamizki, AirTag qurilmasi odamlarga kalit, hamyon va boshqa buyumlarini topishga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Ammo uning joylashuvni aniqlash imkoniyati qurilmadan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanishlariga ham olib kelmoqda. Afsuski, xotin-qizlarning ta’qib qilinishi ham ana shunday holatlardan biridir.
Avstraliyaning Melburn shahrida yashovchi Reychel ham Apple AirTag geotegi orqali ta’qiblar qurboniga aylandi. Achinarlisi esa begona emas, o‘zining sevgan yigiti bu kuzatuvni amalga oshirgan.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, mashinada bo‘lgan vaqtlari yaqin-atrofda uni kuzatuvchi qurilma borligi haqida mobil telefoniga xabarlar kela boshlagan. Biroq u gadjetni topa olmaydi. Shundan so‘ng, Reychel yaqin orada mashinada undan tashqari, faqat uning yigiti bo‘lganini eslaydi. Bu haqda uning o‘zidan so‘raganida yigiti bu gaplarni inkor etadi, ammo qiz voqea haqida politsiyaga xabar berishi haqiga ogohlantirganidagina yigit uni kuzatib yurganini tan oldi.
Mashinasining g‘ildiragiga AirTag yashirilganini ko‘rgan qiz o‘zini go‘yo haqoratlangandek his qiladi. Boisi juda ishongan kishisi unga nisbatan bunday ishni qila olishi xayoliga ham kelmagan edi...


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter