Raqamli texnologiyalar vaziri “Duvenbeck Gmbh” bosh direktori Hakan Bichil bilan uchrashdi

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi”da Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Germaniyaning “Duvenbeck Gmbh” bosh direktori Hakan Bichil bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Duvenbeck Gmbh” kompaniyasi bilan muzokaralarni davom ettirish va hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir nechta muhim masalalar muhokama qilindi.
Mehmonlarga O‘zbekistonda xorijiy rezident kompaniyalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida taqdimot o‘tkazildi.
Kompaniya rahbari yurtimizda IT mutaxassislari uchun yaratib berilgan sharoitlar va imtiyozlarni e’tirof etib, O‘zbekistonda xorijiy tillarda bemalol gaplasha oladigan yosh kadrlar ko‘pligi hamda ular bilan ishlash muhim ekanligini alohida ta’kidladi.
Shu bilan birga, BPO xizmatlarini Germaniyaga autsors qilishda hamkorlik, O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish, IT-xizmatlar eksportini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishda Germaniyaning IT va logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter