Qibray tumanida elektron retseptlarni joriy etish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushirildi

Qibray tumanida dorilar bo‘yicha retsept yozish va ularni berish jarayoni raqamlashtirishga qaratilgan elektron retseptlarni joriy etish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushirildi.
Hozirgi bosqichda loyiha bitta tibbiyot muassasasi va sakkizta dorixonalar tarmog‘ini qamrab oladi.
Dori-darmonlarni tayinlash va berish jarayonini raqamlashtirish quyidagilarga imkon beradi:
- Xalqaro patentlanmagan nomlar (XPN) bo‘yicha preparatlarni avtomatlashtirilgan tanlash orqali retseptlarni shakllantirishda xatolarni bartaraf etish
- bemorlarga DMED mobil ilovasi orqali elektron retseptlardan foydalanish imkoniyatini berish
- dorixonalarni real vaqt rejimida dolzarb ma’lumotlar bilan ta’minlash, dori-darmonlarni berish ma’lumotlarini qayd etish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter