Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Pullarni olishda ko‘maklashaman” — yomg‘irdan qochganlar qorga tutilishdi

“Pullarni olishda ko‘maklashaman” — yomg‘irdan qochganlar qorga tutilishdi

Foto: Kiberxavfsizlik markazi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi 41 yoshli S.B. ichki ishlarga arz qildi. Aytishicha, “Meta Trader” platformasi orqali pullarini qaytarib olishda yordam beraman degan shaxs uning 2 322 297  so‘m pulini o‘z kartasiga o‘tkazdirib olganidan so‘ng aloqani uzib qo‘ygan.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlandi — Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi 19 yoshli S.R....

Ta’kidlanishicha, S.R. oson pul topish maqsadida internetdagi  “Meta Trader” platformasi orqali pul ishlab, pullarini ololmagan shaxslarga “pullarni olishda ko‘maklashaman” deya ularning ishonchiga kirgan, jumladan, pullarini ololmayotgan S.B.ga ham pullarini olishda ko‘maklashishni va’da qilib, o‘zining bank kartasiga jami 2 322 297 so‘m pulni o‘tkazdirib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborgan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan S.R.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Afsuski, onlayn firibgarliklar va o‘g‘riliklar ko‘payib boryapti, masala ancha jiddiy — jinoyatni sodir etayotganlar asosan yoshlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring