Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toyota Oyni zabt etmoqchi

Toyota Oyni zabt etmoqchi

google.com

Xabarning audio talqini

Toyota Yaponiya Fazo agentligi bilan hamkorlikda Oy sathini tadqiq qilishga mo‘ljallangan mashina yaratishni rejalashtirmoqda.

«Lunar Cruiser» deb ataladigan mashina nomi Toyota’ning aynan shu nomdagi modeli nomi bilan bog‘liq. «Lunar Cruiser» - g‘ildirakli uy. «Unda odamlar xavfsiz ovqatlanishi, ishlashi, uxlashi va bir-biri bilan muloqot qilishi va koinotda ham xuddi shunday vazifalarni qilish mumkinligi haqidagi g‘oyaga asoslanadi», — deya qayd etgan, loyiha rahbari Takao Sato.

Kompaniya mashina tadqiqot uchun 2030 yilgacha tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan. 2040 yillarda esa u odamlarga Oyda yashash uchun ham xizmat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring