Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“President Tech Award” tanlovining 2024-yilgi g‘oliblari kimlar?

“President Tech Award” tanlovining 2024-yilgi g‘oliblari kimlar?

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-dekabr sanasida mamlakatimizning eng istiqbolli innovatorlarini birlashtirgan Raqamli startaplar haftaligining eng muhim tadbiri — “President Tech Award” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan hamda “Plug and Play” tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda texnologik taraqqiyotning 5 ta asosiy yo‘nalishini ifodalovchi 15 ta jamoa 1 000 000 AQSh dollaridan 900 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasi uchun bellashdilar.

Demak, "Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar" nominatsiyasi bo‘yicha grand final g‘oliblari bilan tanishing:

1. “TASS Vision”,

2. “Speaklish”, 

3. “Cradle”.

"Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar":

1. "Onlayn Hamshira"

2. “Stepogram”,

3. ““BRAILLE RECOGNITION".

"Kompyuter va mobil o‘yinlar":

1. “Gale-Force Entertainment”

2. “Fazliddin Games”, 

3. “Grimoire Entertainment”

“Micro-SaaS va AdTech sohasida texnologik yechimlar":

1. “OYGUL”

2. “StudentHunter”

3. “EduTizim”.

"Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar":

1. “Jobster”,

2. “Sugʻurta Bozor”,

3. “diip.uz”.

G‘oliblar birinchi o‘rin uchun 100 000 AQSh dollari, ikkinchi o‘rin uchun 50 000 AQSh dollari va uchinchi o‘rin uchun esa 30 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Xulosa qilib aytganda, “President Tech Award” tanlovi nafaqat innovatsiyalar tadbiri, balki O‘zbekistondagi startaplarning yuqori darajadagi kompetensiyalarini ham namoyish etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring