Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

"Porsche" o‘z logotipini yangiladi: Nahotki u ot ramzidan voz kechsa?

Foto: Ixbt.com

Porsche mashhur Crest nishonining so‘nggi versiyasini taqdim etdi. Tarixiy nishonni osongina tanib olishingiz mumkin. O‘zgarishlarni farqlash uchun esa faqat diqqat bilan qarashingizning o‘zi kifoya.

Bronza qismi endi butunlay tekislangan. Bu esa Porsche nomini yaxshiroq ajratib turish imkonini beradi. Markazda Shtutgart shahrining nomi ham mavjud. Ma’lumot uchun: mazkur shahar 950-yilda ot fermasi sifatida tashkil etilgan.

Kompaniya 1952-yilda ilk marta taqdim etilganidan buyon o‘z avtomobillarida bir necha xil versiyadagi logotiplardan foydalangan.

O‘shandan buyon savdo belgisi logotipi besh marta yangilandi. So‘nggi o‘zgarish 2008 yilda amalga oshirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangilangan logotip 2023-yil so‘ngida Porsche avtomobillarda paydo bo‘la boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring