O‘zbekiston o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga neyron tarmoqlar bo‘yicha kurslar qo‘shildi

Informatika o‘qituvchilari uchun bepul kurslarni Raqamli texnologiyalar vazirligi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarning professional rivojlanishi va yangi metodikalar ta’limi milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda Yandex Uzbekistan hamkorlikda ishga tushirdi.
Kurslar doirasida o‘qituvchilar:
- Neyron tarmoqlar va ularning qo‘llanilishi haqida ma’lumot oladilar.
- Python dasturlash asoslarini, jumladan, asosiy konstruksiyalar va ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillarini o‘rganadilar.
- Kurslar nazariy va amaliy darslarni o‘z ichiga oladi, bu esa Python dasturlash tilini avvaldan bilmagan holda ham materialni o‘zlashtirish va uni ish faoliyatida darhol qo‘llash imkonini beradi.
- Barcha materiallar ishtirokchilarda doimiy ravishda saqlanib qoladi.
Kurslarning asosiy jihatlari:
- Python bo‘yicha oltita bo‘lim; ishda eng muhim mavzular va vazifalarni tanlash imkoniyati.
- O‘qituvchilarga qulay vaqtda o‘qish imkonini beruvchi onlayn-format.
- O‘quvchilar uchun Python dasturlash bo‘yicha qo‘shimcha materiallar va avtomatik tekshiruvga ega tayyor vazifalarga kirish imkoniyati.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali qisqa anketani to‘ldirish kerak: https://bit.ly/3QOpGPW
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter