Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqorilab 63-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston Elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqorilab 63-o‘ringa ko‘tarildi

Kecha, 17-sentyabr kuni BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) tomonidan BMTga a’zo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi UN E-Government Survey"ning 2024-yilgi natijalari "Barqaror Rivojlanish uchun Raqamli Transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida e’lon qilindi.

Avvalgi 2022-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024-yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pog‘onaga yuqorilab, 63-o‘ringa chiqdi.

O‘z navbatida, ilk marotaba O‘zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.

Ushbu natija, hattoki, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi. 

Bu esa mamlakatimizda raqamlashtirish va elektron hukumat tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligiga yaqqol namuna bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring