Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NVIDIA kompaniyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

NVIDIA kompaniyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos NVIDIA kompaniyasi vakili Anton Djorayev bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O.Pekos vazirlikning istiqboldagi rejalari va strategiyasi haqida gapirib, hozirda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, O‘zbekistonga NVIDIA uskunalarini import qilish masalalari muhokama qilindi.

Shunindek, kompaniya vakili IT bo‘yicha mutaxassis kurslarini o‘tashi mumkin bo‘lgan o‘z malaka oshirish instituti haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Yakunda tomonlar hamkorlikka umid bildirgan holda keyingi muzokaralar haqida kelishib oldilar. Vazirning birinchi o‘rinbosari O.Pekos kompaniya vakillarini sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “ICT WEEK Uzbekistan” tadbiriga taklif qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring