Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nomofobiya - telefonsiz yasholmaydiganlar dardi

Nomofobiya - telefonsiz yasholmaydiganlar dardi

Foto: 1505.ru

Nomofobiya - smartfondan ayrilib qolishga nisbatan qo‘rquv. U ko‘pincha 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda rivojlanadi.

Xitoydagi universitetning 5842 nafar talabasi bergan javoblarini tahlil qilgandan so‘ng olimlar nomofobiya bilan og‘rigan odamlarning sog‘lig‘ida qanday muammolar borligini bilib oldilar. Ulardan biri uyqusizlikdir.  

Smartfonlarida qancha ko‘p ilova mavjud bo‘lsa, uning egasi nomofobiya, uyqusizlik, sog‘liqning yomonlashishiga ko‘proq duch keladilar. Aksincha, mobil telefonida kamroq vaqt o‘tkazadiganlar uyqu muammolari, nomofobiya va umuman sog‘liq bilan bog‘liq muammolardan yiroq yurishadi. Shuningdek, me’yorda uxlaydiganlarning nomofobiya bilan kurashishi osonroq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring