Navoiy shahrida yangi BPO markazi o‘z faoliyatini boshladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy shu’basi hamda IT Park Navoiy filiali hamkorligida Navoiy shahrida yangi BPO markazi (“Haul World Transportation Navoiy” MChJ) o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur kompaniya Amerika Qo‘shma Shtatlariga masofadan turib autsorsing xizmatini ko‘rsatadi. Hozirda 6 nafar ishchi o‘rni bilan yaratilgan ushbu masofaviy xizmatlar ko‘rsatish markazi yaqin olti oy ichida ishchi o‘rinlar sonini 20 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, BPO maktabi tashkil etish orqali 30 nafardan ortiq yoshlarni kasbga o‘rgatish va qisqa vaqt ichida ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Shu o‘rinda, kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar ulushi Navoiy viloyati eksport ko‘rsatkichlari oshishiga ham xizmat qiladi. Bu esa viloyat yoshlarini IT sohasida bilimlarni chuqur egallashlariga zamin yaratadi.
Endilikda Navoiy shahridan turib, okean ortidagi yuk mashinalarining harakati boshqarish orqali yuqori maosh olayotgan hudud yoshlarni bir davraga jamlashi, yangi tashabbuslar ustida ish olib borishi bosh mezon etib belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida: bugungi kunda “Haul World Transportation Navoiy” MChJ IT Park rezidenti hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter