Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir IT Park Navoiy filialida istiqbolli startap loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Vazir IT Park Navoiy filialida istiqbolli startap loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Navoiy viloyatiga xizmat safari doirasida IT Parkning hududdagi filialiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif davomida IT Park rezident korxonalari tomonidan yaratilgan va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega istiqbolli startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Bu loyihalar aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratish va turli sohalarda samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

SerBiz — Ummatoy Yo‘ldosheva tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyiha aholi bandligini ta’minlash va maishiy ishlar uchun kerakli mutaxassislarni topishda yordam beruvchi axborot tizimidir. Ushbu tizim aholi orasida yuqori qiziqish uyg‘otdi va bandlik masalasida muhim yechim sifatida ko‘rildi.

Anoratalks — ayol va qizlar uchun mo‘ljallangan dastur o‘z-o‘zini har tomonlama rivojlantirish hamda turli savollarga javob olish imkoniyatini beradi.

Pos Eco System — ushbu loyiha savdo nuqtalarini avtomatlashtirish va omborlarda tovarlar hisobini yuritish, shuningdek, mijozlar bilan samarali aloqani ta’minlash imkoniyatlarini yaratadi.

Tizimning tijorat sohasidagi jarayonlarni soddalashtirishga yo‘naltirilgani investorlar va mutaxassislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Student bot – Talabalarga oliy ta’lim muassasalarida joriy etilgan o‘quv tizimlari bilan ishlashni osonlashtirish uchun Telegram bot orqali integratsiya qilingan platforma. Mazkur tizim talabalar uchun o‘quv jarayonlarini soddalashtirib, ularga qulaylik yaratadi.

Instateka – Ipoteka jarayonlarini boshqarishda ishlab chiqaruvchi, mijoz vakili (riyeltor) va bank uchun onlayn platforma bo‘lib, CRM funksiyalari yordamida samarali aloqa va bitimlarni boshqarish imkonini beradi.

Mazkur loyiha B2B formatida ishlashi va ipoteka jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgani bilan ajralib turadi.

Tashrif davomida Sherzod Shermatov har bir loyihaning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatiga alohida to‘xtalib, loyiha rahbarlariga qo‘shimcha tavsiyalar berdi.

Ushbu startaplar IT Park va Navoiy viloyatida innovatsiyalarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholiga qulayliklar taqdim etishda muhim qadam ekanligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring