Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganlik informatika o‘qituvchilarining raqamli ko‘nikmalari oshirildi

Namanganlik informatika o‘qituvchilarining raqamli ko‘nikmalari oshirildi

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi informatika fani o‘qituvchilari uchun raqamli ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv seminarda Mingbuloq tumanidagi 50 ta maktabdan tashrif buyurgan 57 nafar informatika o‘qituvchilari ishtirok etib, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, sohadagi yangi tendensiyalar, IT ta’lim loyihalari xususan, xalqaro IT sertifikatlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

O‘quv-seminar davomida davlatimiz tomonidan axborot texnologiyalari sohasiga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar tushuntirildi.

Seminar yakunida esa informatika o‘qituvchilari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda ishtirokchi sertifikati bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring