my.gov.uz haqida bugunning fikri! (+video)
Bugungi kunda my.gov.uz portali haqida eshitmaganlar kam bo‘lsa kerak.
Foydalanuvchilarning aksariyati portalning keng imkoniyatlari haqida mamnuniyat bilan so‘zlar ekan, ilgari raqamli hukumat faoliyati yo‘lga qo‘yilgunga qadar davlat idoralarida qanchalik sarson bo‘lganlarini yodga olishdi.
Boz ustiga davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali foydalanganda taqdim etiladigan chegirmalar esa uni takror va takror hayotimizga tadbiq etishga undaydi.
Agar siz ham ko‘rsatuv qahramonlari singari istalgan vaqtda va istalgan joyda mana shunday keng imkoniyatlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, bugunoq my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!
Zero, hayotingizni qulaylashtirish — o‘z qo‘lingizda!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter