Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

AKT vaziri yoshlar uchun foydali tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi

AKT vaziri yoshlar uchun foydali tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi

Foto: twitter

Dunyoda IT xizmatlariga talab ortib borayotgan paytda ushbu IT Park rezidenti kabi xizmatlar eksportiga yo‘naltirilgan kompaniyalarning kelajari porloq bo‘lishi aniq. Faqat cheklangan ichki bozorimizga ixtisoslashsa, unda kompaniya rivojlanishi va kelgusida xalqaro maydonda raqobatga chidashi qiyin bo‘ladi.

Videoda (https://fb.watch/b7n0O9egKl/) ko‘rishingiz mumkin, bu kompaniyada ham yuzlab yoshlar ishlab, boshqa IT kompaniyalarga yoki o‘z startaplarini yuritishga o‘tib ketishgan, lekin shunga qaramay ular yangi yosh kadrlarni ishga olib, yangi loyihalarni va eksportni amalga oshirib kelishmoqda.

Jahondagi mashhur AMAZON kompaniyasiga o‘z startapini sotishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbek yoshlari ham aynan shular orasidan chiqishgan.

Marhamat, shu kabi kompaniyalarda yuqori maosh olib ishlash niyatida bo‘lgan yoshlarimiz uchun vakansiyalar juda ko‘p: https://it-market.uz/ https://t.me/itmarket_uz

O‘zingizni sohangizda AKTni joriy qilmoqchi bo‘lsangiz ham, IT kompaniyalar ro‘yxati va xizmatlarini ushbu sayt va telegram kanal orqali topishingiz mumkin.

Endi IT Park rezidentlarini tizimli ravishda ommaviy axborot vositalarida shunday tanishtirib boramiz. Boshqa OAV vakillarini ham o‘zlari bilgan eksportyor kompaniyalarimiz faoliyatlarini tanishtirishga chaqiramiz, shunda yoshlarimiz ko‘proq chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganishga qiziqib, o‘z oilasi bilan o‘z yurtida yaxshi daromad topib ishlashiga imkoniyatlari bo‘ladi deb umid qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring