Microsoft vitse-prezidenti: Ko‘rayotgan bironta videongizga ishonmang!
Microsoft sun’iy intellekt (SI) vositalarini suiistemol qilish oshib borayotganidan jiddiy xavotirda: ayniqsa, SI yordamida yaratilgan, haqiqiysidan ajratish deyarli imkonsiz bo‘lgan video, audio va fotolar dipfeylari yaratilmoqdaki, ular yolg‘on ma’lumot tarqatish yoki odamlarga zarar yetkazishda qo‘llanilishi bilan xatarli.
Microsoft vitse-prezidenti Bred Smit o‘z blogida bu texnologiyalarning potensial xavflaridan ogohlantirdi. Bu xavotir qisman Microsoft kompaniyasining o‘z achchiq tajribasidan ham kelib chiqyapti. Yaqinda kompaniya ishlab chiqqan sun’iy intellekt vositalaridan taniqli qo‘shiqchi Teylor Sviftning dipfeklarini yaratishda foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bu noxush voqea, nazoratdan chiqib ketmasidan avval, zudlik bilan muammoning yechimini topishga undaydi.
Shundan kelib chiqib, Microsoft SIdan noo‘rin foydalanishga qarshi kurashish uchun, olti banddan iborat harakatlar rejasini taklif etmoqda:
- Kuchli xavfsizlik arxitekturasi: xavfsizlik doimiy baholab boriladi, qoidabuzarlarga qarshi javob choralari va tezkor harakatlar ko‘zda tutiladi.
- Tashuvchilarning haqqoniyligini tasdiqlanishning ishonchliligi va suv belgilari: Microsoft sun’iy intellektda yaratilgan kontentning kelib chiqishi va tarixini kuzatish usullarini ishlab chiqmoqda.
- Muhofaza xizmatlari: kompaniya yolg‘on va zararli kontentni o‘z vaqtida o‘chirib yuborish majburiyatini oladi.
- Hamkorlik: Microsoft ushbu muammoni birgalikda bartaraf etish uchun boshqa texnologiya kompaniyalari, hukumatlar va fuqarolik jamiyatlari bilan hamkorlik muhimligini ta’kidlamoqda.
- Qonunlarni yangilash: kompaniya odamlarni texnologiyalardan zararli foydalanishdan himoyalash uchun qonunlarni yangilashga chaqirmoqda.
- Jamoatchilikni xabardor qilish: Microsoft, qalbaki va boshqa manipulyasiyali kontentlarni ajratib olish uchun, jamoatchilik xabardorligini oshirishni muhim deb hisoblaydi. Kompaniya turli manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda ta’lim vositalari va dasturlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter