Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lumiere — jonli videolar yasovchi eng kuchli neyrotarmoq. Bunaqasi bo‘lmagan! (video)

Lumiere — jonli videolar yasovchi eng kuchli neyrotarmoq. Bunaqasi bo‘lmagan! (video)

Foto: Lumiere

Google kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan Lumiere — “videoni jonli generatsiyalash uchun vaqt-makon diffuziyasi modeli”ni taqdim etdi.

Ehtimol, bu bugungi kundagi matnli tavsif asosida jonli tasvir yaratuvchi eng kuchli video SI-generatori bo‘lishi mumkin.

Turdosh vositalardan muhim farqi, Google Lumiere modeli o‘ziga xos arxitekturaga ega — videoning butun davomiyligi bitta generatsiyada bajariladi.

Qolgan modellar esa boshqacharoq ishlaydi: bir nechta asosiy kadrlar generatsiyalanadi, so‘ngra vaqt bo‘yicha interpolyasiya qo‘llaniladi, bu esa generatsiyalanayotgan rolikda nomutanosibliklarni keltirib chiqaradi.

Lumiere bir nechta rejimda ishlay oladi:

  • matnni videoga aylantiradi;
  • oddiy fotolarni jonlantiradi (harakatlantiradi);
  • namuna asosida berilgan topshiriqqa ko‘ra videoroliklar yasaydi;
  • yozma tavsiyalar berilsa videoni tahirlaydi;
  • fotosuratning ma’lum qismlarini animatsiyalaydi;
  • videoni qismlari bo‘yicha tahrirlaydi — misol uchun, kishining kiyim-boshiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Tan olish kerak, bunaqasi bo‘lmagan!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring