Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Kremniy vodiysi” banki bankrotga uchradi

“Kremniy vodiysi” banki bankrotga uchradi

Foto: Topor Live

AQShning eng yirik banklaridan biri — Silicon Valley (“Kremniy vodiysi”) bankrot deb e’lon qilindi. Bu — 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan buyon Qo‘shma Shtatlarda kuzatilgan eng yirik bankrotlik.

“Kremniy vodiysi” banki (nomi ham aytib turibdi) Kaliforniyadagi texnologiya startaplariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan edi.

Yaqinda bank $1,8 mlrd zarar ko‘rganini e’lon qilgandi. Bankning kapital qiymati $200 mlrd ekani nuqtai nazaridan, bu unchalik ham katta zarar emas. Biroq ushbu bayonot Kaliforniyaning boshqa bir banki — Silvergate tugatilishi bilan bir paytga to‘g‘ri kelib qolgani sarmoyadorlar o‘rtasida vahima uyg‘otdi. Silicon Valley Bank aksiyalari qiymati savdolar boshidayoq 60 foizga quladi, oqibatda savdo to‘xtatildi, mijozlarning depozitlarini himoyalash maqsadida muvofiqlashtiruvchi bankning faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring