Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosmosga havo sharida parvoz qilishni istaysizmi? Marhamat!

Kosmosga havo sharida parvoz qilishni istaysizmi? Marhamat!

Foto: Phys.org

Yaponiya shimolidagi Sapporo shahrida joylashgan Iwaya Giken kompaniyasi 2012 yildan buyon yangi kosmik attraksion – stratosfera ustida ishlamoqda. Bu koinot chekkasigacha boradigan individual tijorat havo sharlaridir. 25 kilometr balandlikka ko‘tariladigan 4 soatlik parvoz uchun 180 ming dollar to‘lash kerak.

U raketa yoki an’anaviy shardan farqli o‘laroq, qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan geliy bilan ishlaydi. Parvozlar Yaponiya hududidagi xavfsiz havo hududida amalga oshiriladi.

Maqsad kosmik turizmni hamma uchun ochiq qilishdir. Birinchi reys shu yilga rejalashtirilgan. Kosmosga sayohat qilish uchun arizalar avgust oyi oxirigacha qabul qilinadi. Tanlangan dastlabki besh yo‘lovchi oktyabr oyida e’lon qilinadi, parvoz kuni esa ob-havoga qarab belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring