Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda “HACK4REGION” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Jizzaxda “HACK4REGION” tanlovi bo‘lib o‘tdi

3 kun davom etgan hakaton tanlovda 17 jamoadan ishtirok etgan 85 nafar tashabbuskorlar sun’iy intellekt, raqamlashtirish, kiberxavfsizlik, xizmatlar sohasi, elektron tijorat bozori, sog‘liqni saqlash texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarga o‘z dasturiy yechimlari bilan ishtirok etishdi.

Jamoalar tomonidan vazifalarga tezkorlik bilan oqilona hamda noodatiy yondashuvlar orqali yechimlar taklif qilish, texnologiyalarni mujassamlashtirish orqali qiziqarli va istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan yechimlarning texnik va innovatsion yangiligi, dolzarbligi, afzalliklari, jamoaviy ishlash salohiyati hamda loyihani amalga oshirishning samaradorligi kabi xususiyatlar asosida baholash ishlari amalga oshirildi.

Tadbir yakunida g‘olib bo‘lgan 3 ta jamoalar hamda 3 ta nominatsiya (eng faol, eng yosh va eng innovatsion loyiha) egalari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda “COURSERA” platformasidagi IT kurslarda bepul tahsil olish uchun vaucherlar bilan taqdirlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring