Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax shahrida “Kibersport arena” qurilmoqda

Jizzax shahrida “Kibersport arena” qurilmoqda

Foto: Digital.uz

O‘zbekiston Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish, keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 16-noyabrdagi qarorida hududlarda kibersport musobaqalarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Jizzax viloyati hokimligi tomonidan Jizzax shahri markazida xalqaro talablar asosida “Kibersport arena” barpo etilmoqda.

Bugun, 11-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax shahriga tashrif buyurib, mazkur majmua qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

“Kibersport arena” foydalanishga topshirilgandan so‘ng kibersport turlari bo‘yicha viloyat, respublika va xalqaro darajadagi musobaqalarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, bino hududida yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasida o‘qitishga mo‘ljallangan “IT-akademiya” ham tashkil etilmoqda.

Shuningdek, vazir Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev bilan uchrashib, Jizzax viloyatida IT-sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring