Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon Mobil Kongressida O‘zbekiston aloqa sohasi mutaxassislari ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda

Jahon Mobil Kongressida O‘zbekiston aloqa sohasi mutaxassislari ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda

Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona – 2025” Jahon mobil kongressida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Mazkur kongress dunyodagi eng yirik va nufuzli texnologik tadbirlardan biri bo‘lib, u global miqyosda mobil texnologiyalar, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishiga bag‘ishlanadi.

Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya “Huawei Technologies Co. Ltd.” kompaniyasining maxsus ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ushbu ko‘rgazma Huawei tomonidan ishlab chiqilgan eng so‘nggi texnologik yechimlar, innovatsiyalar va kelajak telekommunikatsiya tarmoqlari uchun taklif etilayotgan ilg‘or xizmatlarni namoyish etish uchun tashkil etilgan.

Ko‘rgazma doirasida delegatsiya a’zolariga mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar, jumladan, 5G va 5.5G texnologiyalarini joriy etish va kengaytirish bo‘yicha taklif etayotgan yechimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ko‘rgazmada delegatsiya yangi texnologiya va ishlanmalar bo‘yicha ham qator innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, aqlli transport tizimlari, xavfsizlik kameralarining sun’iy intellekt yordamida ishlashini ta’minlovchi tizimlar, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha aqlli boshqaruv uskunalari hamda fuqarolarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan boshqa raqamli texnologiyalar namoyish qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring