IT-NEWS: «Apple» endi sochiq sotishga o‘tdi (Video)
Displey tozalash uchun maxsus sochiqchalar shu qadar tez sotildiki, do‘konlarda ham, kompaniyada ham tugab qoldi. Yutuqdan quvongan «Apple» ularni ko‘p miqdorda va zahirasi bilan ishlab chiqarib, do‘konlarga tarqatdi. Shuningdek, onlayn xarid imkoniyati ham kengaytirildi.
19 dollarga baholangan ushbu sochiqchalar gadjetni sevuvchilar, uni oddiy matoda artishni ravo ko‘rmaydiganlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Displeyni odatiy matolarda tozalash texnikaning sifatli ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar avvaldan bo‘lgan. «Apple» ham yangi mahsuloti yaratilishida shuni hisobga oldi.
Yangi aksessuar arzimas narsadek ko‘ringani bilan xaridorlari ichida talash bo‘ldi. Qimmat telefon apparati sotib olgan odamlarda chang artadigan latta uchun ham pul topiladi-da, nima dedingiz?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter