Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IPhonedagi budilnik ishdan chiqdi

IPhonedagi budilnik ishdan chiqdi

Foto: Ferra

Ba’zi iPhone foydalanuvchilari kutilmagan muammoga duch kelishganini aytishmoqda. IPhonedagi budilnik signallari ishdan chiqdi.

Apple muammoni rasman tan oldi va uni hal qilish yo‘lini faol ravishda ishlab chiqmoqda. So‘nggi bir necha hafta ichida ijtimoiy tarmoqlarda shikoyatlar paydo bo‘ldi.

Foydalanuvchilar “Ko‘z bilan aloqa qilish” funksiyasi aybdor bo‘lishi mumkin, deb, taxmin qilishmoqda. Foydalanuvchi telefonga qaraganida avtomatik ravishda bildirishnomalar ovozini pasaytiradi.

Funksiya egasining e’tiborini noto‘g‘ri tanib, hatto uyquda ham signal balandligini pasaytiradi, deb taxmin qilinadi.

Apple hali aniq sababni aytmadi, ammo foydalanuvchilarga Face ID sozlamalarida "ko‘z bilan aloqa" ni o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring