Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IPhone 16 to‘rt xil o‘lchamda chiqadi

IPhone 16 to‘rt xil o‘lchamda chiqadi

Foto: 4PDA

X ijtimoiy tarmog‘ida iPhone 16 barcha modifikatsiyasining fotosuratlari paydo bo‘ldi. Shuningdek, rasmlarga yangi mahsulotlar displeyining diagonallari haqidagi ma’lumot ham qo‘shimcha qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda iPhone ishqibozlariga korpus o‘lchamlari turlicha bo‘lgan to‘rtta model taqdim etiladi.

Turfa xil diagonalga ega qurilmalarning ekranlari quyidagicha o‘lchamda:

iPhone 16 - 6,1 dyuym;
iPhone 16 Plus - 6,7 dyuym;
iPhone 16 Pro - 6,3 dyuym;
iPhone 16 Pro Max - 6,9 dyuym.

Eslatib o‘tamiz, vertikal kamera blokiga ega iPhone 16 suratlari allaqachon internetda paydo bo‘lgan edi.

Aytish joizki, Applening yangi flagmanlari sig‘imli kamera bilan jihozlanadi. Har yilgidek, iPhone 16 seriyasining taqdimoti joriy yilning kuzida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring