Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Intel bosh me’mori ketdi — neyrotarmoqlar bilan shug‘ullanmoqchi

Intel bosh me’mori ketdi — neyrotarmoqlar bilan shug‘ullanmoqchi

Foto: Intel

Intelning grafik arxitekturalar bosh arxitektori Raja Koduri kompaniyadan ketdi.

Intel Kodurini 6 yil avval ishga taklif qilgandi.

Koduri bunga qadar Apple va AMDda faoliyat yuritgan: AMD Polaris va Vega grafik arxitekturalari ishlab chiqarilishiga bosh-qosh bo‘lgan.

Intel kompaniyasida esa uning rahbarligida Xe grafikasi ishlab chiqilib, nafaqat o‘rnatilgan GPU, balki Arc Alchemist diskret videokartalarida tatbiq etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Koduri bundan buyog‘iga neyrotarmoqlar sohasida dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring