Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imi-jimida: Xitoyda dunyodagi eng kuchli superkompyuter ishga tushirildi

Imi-jimida: Xitoyda dunyodagi eng kuchli superkompyuter ishga tushirildi

Foto: 4PDA

Xitoyning Guanchjou milliy superkompyuter markazi mutaxassislari jahondagi eng kuchli superkompyuterni ishga tushirishgani ta’kidlanmoqda. Qizig‘i, yangi Tianhe Xingyi superkompyuterida Intel, AMD yoki NVIDIA singari nomdor brendlarning emas, balki mahalliy ishlab chiqaruvchining notanish protsessorlari o‘rnatilgan.

Tianhe Xingyi dastavval 2019-yilda Tianhe-3 nomi ostida ishga tushirilishi kerak edi, biroq keyinchalik loyihani jiddiy o‘zgartirishgan ko‘rinadi. Mavjud ma’lumotga ko‘ra, superkompyuter Xitoyning ikki yadroli FeiTeng MT3000 ARM-protsessorlari bazasida qurilgan. Tizimda qancha chip ishlatilgani ochiqlanmadi, biroq uning yuqori ishlash quvvati 1,7 ekzaflopsga yetishi aytilgan. Solishtirish uchun: global superkompyuterlar rasmiy reytingi yetakchisi Frontier 1,194 ekzaflops kuchga ega.

Xitoy jahonning eng kuchli superkompyuterlari reytingi (top-500)da qatnashishni va o‘z kompyuterlari tafsilotlarini to‘liq ochiqlashni bas qilgani inobatga olinsa, Tianhe Xingyi tezligi aslida qanchaligini faqat taxmin qilish mumkin. Ayrim ekspertlar Xitoy superkompyuteri markaziy protsessori (CPU)ning energiya tejamkorligiga shubha bildirishyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring