Ilk ijtimoiy tarmoqning raqamli quyosh botmoqda — Usenet
Google Groups internet tarixidagi birinchi ijtimoiy tarmoq — Usenet bilan ishlashni to‘xtatishini yaqinda e’lon qildi.
Usenet 1979-yilda tug‘ilgan, Facebook, Twitter, VK va boshqalardan ancha uzun tarixi bor, biroq uning “safari qarigan” ko‘rinadi. Google bayonotida aytilishicha, u legitim faollik susaygan va aksincha, spamlar faollashgan makonga aylangan.
Qachonlardir qizg‘in munozaralar markazi hisoblangan Usenet, zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar va forumlar paydo bo‘lganidan so‘ng, dolzarbligini yo‘qotdi.
Usenet kashshoflari Truskott va Ellis guruhlarga birlashtirilgan yangiliklar va umumiy xabarlar tarmog‘ini yaratib, platformaga asos solishgan. Tizim ARPANet singari ibtidoiy tarmoqlarda tez ommalashib gullab-yashnadi. Biroq markaziy boshqaruv yo‘qligi uchun spam va fleym urushlari avj olib, Usenetni jar yoqasiga keltirib qo‘ydi.
Usenetni hamon sog‘inuvchilar uchun umid eshiklari batamom yopilmagan. Tarmoqda muloqot qilish uchun foydalanuvchilar Eternal September, NewsHosting, EasyNews yoki Eweka kabi Usenet provayderlariga murojaat qilishlari mumkin. Usenetning ko‘hna landshafti bo‘ylab sayohat qilish istagidagilar uchun Usenet kliyenti kerak bo‘ladi.
Qachonlardir internetda inqilob yasagan onlayn-hamjamiyatning halokati muqarrar — raqamli quyosh ufqqa shiddat bilan og‘ishda davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter