Hammani hofizga aylantiradigan neyrotarmoq
Songr tarmog‘i sun’iy intellekt orqali qo‘shiq yaratish mumkin bo‘lgan xizmatni ishga tushirdi. Neyrotarmoq bir vaqtning o‘zida trekning musiqasini ham, ovozini ham yozadi.
Xizmat bepul va uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzeringizda ochishingiz mumkin.
Bu uchun Songr veb-saytiga kiring va qo‘shiq uslubini tanlang: pop, xip-xop, rok degandek. Qo‘shiq uslubi ustiga kursorni olib kelsangiz, matn kiritish oynasi paydo bo‘ladi. Bu yerga istagingizni yozasiz, masalan, "Tug‘ilgan kun qo‘shig‘i". So‘rovingizni ingliz tilida kiritishni unutmang.
Qo‘shiq matnini yozing. U qancha ko‘p bo‘lsa, musiqa shuncha uzoq davom etadi. Ovoz turini tanlang: erkak yoki ayol. Odatda treklar 10 soniya ichida tayyor bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter