Googlega yangi raqib paydo bo‘ldi
San-Fransisko (AQSh)da joylashgan Perplexity kompaniyasi internet-qidiruv olami giganti — Google bilan raqobatga kirishmoqda. E’tiborli jihati, Perplexity jamoasi atigi 40 kishidan iborat.
Perplexity yaratgan “qidiruvchi-forum” manbalarga havolalarni emas, balki batafsil matnli javoblarni ko‘rsatadi. Albatta, havolalarni ham ochsa bo‘ladi. Perplexity qidiruv tizimi ChatGPT va Copilot texnologiyalariga asoslangan, foydalanuvchilar tizimni xuddi chat-bot singari ishlatishadi.
Loyiha mualliflari ushbu yangilikni “javoblar vositasi” deb ta’riflashdi, negaki, tizimdan “istalgan narsani” har qanday tarzda so‘rash mumkin, bu esa foydalanuvchilarga u bilan muloqotga kirishish, savollarni o‘zlariga qulay tarzda yo‘llash imkonini beradi.
Qiymati 520 mln dollarga teng ushbu startap Amazon kompaniyasi xo‘jayini Jeff Bezosning e’tiboriga tushdi.
“Agar siz kimningdir savoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bera olarkansiz, anavi o‘nlab ko‘k havolalar hech kimga kerak bo‘lmaydi”, — dedi Perplexity kompaniyasi bosh direktori Aravind Shrinivas The Wall Street Journalga bergan intervyusida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter