Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google kod yozadigan sun’iy intellekt chiqarib, dasturchilarni ishsiz qoldirmoqchi

Google kod yozadigan sun’iy intellekt chiqarib, dasturchilarni ishsiz qoldirmoqchi

Foto: Cnews.ru

Google dasturlarni mustaqil yozadigan sun’iy intellekt ustida ishlamoqda. Bu zo‘r, faqat bir muammo bor: u to‘liq o‘zini oqlasa, butun dunyo dasturchilari ishsiz qolishi mumkin.

Dastur kodi generatori neyrotarmoq bazasida bo‘ladi. Loyiha hozircha Pitchfork deb nomlanmoqda va katta jamoa mehnat qilmoqda. Guruhga esa yillab kompaniyaning maxfiy X bo‘limida ishlayotgan Oliviya Xatalski rahbar sanaladi. (Google Glass ko‘zoynagi uning ishtirokida ishlab chiqilgan).

Kompaniya yaratayotgan sun’iy intellekt kodni o‘zi yozadi va takomillashtiradi. Chunki unga dasturlash uslublari va yangi kod yozishga oid bilimlar yaxshilab o‘rgatilgan bo‘ladi. Jarayon mutaxassislar aralashuvini talab qiilmaydi.

Loyiha qaysi bosqchiga yetib kelgani haqida ma’lumot berilmadi. Agar u ishga tushsa, nafaqat dasturchilar, balki gigant kompaniyalar ham dog‘da qolishi tayin. Masalan, Amazon taqdim etgan Honeycode xizmati chippakka chiqadi. (U dastur kodini yozmasdan ilova yaratishga ixtisoslashgan).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring