Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google Isroil harbiylari bilan shartnomaga qarshi chiqqan muhandisini ishdan bo‘shatdi

Google Isroil harbiylari bilan shartnomaga qarshi chiqqan muhandisini ishdan bo‘shatdi

Foto: Ferra

Google kompaniyasi isroillik rahbarning taqdimotiga xalaqit bergan bulutli texnologiyalar muhandisini ishdan bo‘shatdi.

Voqea Nyu-Yorkdagi Mind the Tech konferensiyasida, Google Israel boshqaruvchi direktori Barak Regev ma’ruza qilayotgan payti yuz berdi. Aytilishicha, o‘sha payt muhandis o‘rnidan turib: “Genotsid va ta’qibga xizmat qiluvchi texnologiyalarni yaratishdan bosh tortaman”, deb qichqirgan. Ta’kidlanishicha, bu yerda Isroilga Google hamda Amazon bulutli xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi qiymati 1,2 mlrd dollarlik bahsli Nimbus loyihasi ko‘zda tutilgan.

Google muhandisi bo‘shatilganini tasdiqladi, elektron xat orqali ma’lum qilinishicha, xodim “kompaniya homiylik qilgan rasmiy tadbirga xalaqit berib”, kompaniya qoidalarini buzgan.

Ushbu tushuntirish ayrimlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Xususan, Nimbus loyihasiga qarshi tashkilot o‘z bayonotini shunday ifodaladi: “Google o‘z axloqiy qusurlarini bekitish uchun xodimlarini jim bo‘lishga majburlayapti”.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring