Gadjetlarga qaramlikning yana bir salbiy ta’siri ma’lum bo‘ldi
Xitoy olimlari smartfonga qaramlik ijodiy qobiliyatni pasaytirishini aniqladilar. Gadjetlarga mukkasidan ketish ma’lumotlar qabuli va ijodiy fikrlarni so‘ndirar ekan.
Tadqiqotda 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 48 ta talaba qatnashdi. Avvalo The Smartphone Addiction Scale (SAS) so‘rovnomasi yordamida smartfonga qaramlik darajasi aniqlandi. Natija asosida ishtirokchilar yuqori va past darajada qaramlar guruhiga bo‘lindi.
So‘ng ularga yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatlarini qo‘llash lozim bo‘lgan vazifa topshirildi. Ma’lum bo‘ldiki, smartfonga o‘ta qaram bo‘lgan yoshlar vazifani uddalab bajarolmadilar. Bu guruhdagi talabalarning bir qismi mobil o‘yinlar, qolgan qismi esa ijtimoiy tarmoqlarsiz yashay olmaydiganlardan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter