Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronlik firibgarlar iPhone xaridorlarini mashhurlar yordamida chuv tushirishdi

Eronlik firibgarlar iPhone xaridorlarini mashhurlar yordamida chuv tushirishdi

Foto: Wylsacom Red

Ma’lumki, xuddi sanksiyaga tushgan Rossiya kabi, Eronga ham Apple qurilmalari rasman yetkazilmaydi. Ammo bu eronliklar ayfonsiz qolishyapti degani emas: uchinchi mamlakatlar orqali aylanma yo‘llar ochib olishgan, tabiiyki, narxlarda logistika uchun qo‘yilgan ustama aksini topyapti. Bir mintaqa doirasida u taxminan bir xil: tegishli ravishda bozor narxi shunday shakllanmoqda.

Ammo Erondagi Kourosh firmasi hammadan chaqqon chiqib qoldi: katta reklama aksiyasini boshlab, o‘z xaridorlariga iPhone 15 ni ikki baravar arzonga keltirib berishni va’da berdi. Emishki, o‘rtadagi hamma ortiqcha vositachilarni olib tashlab, smartfonlarni to‘ppa-to‘g‘ri Xitoydagi omborlardan keltirib berarmish.

Shubhalimi? Bo‘lgandayam uchiga chiqqan firibgarlik! Hech kim yarim narxiga ayfonli bo‘lmadi — g‘irt firibgarlarga yo‘liqishibdi.

Firibgarlik shunchalik qanot yoyganki, buni raqamlar ham aytib turibdi: arzon ayfonga orzumandlardan oldindan naq 35 mln dollar yig‘ib olishgan, minglab odamlar tuzoqqa tushgan. Gap shundaki, ko‘pchilik mashhurlarga ishongan: Kourosh mahalliy blogerlar, sportchilar, shou-biznes vakillaridan reklamada foydalangan. Firibgarlik fosh bo‘lganidan so‘ng, tushunarli sabablarga ko‘ra, o‘sha mashhurlar o‘zlari ham aldov qurboni bo‘lishganiga ishontirishga urinishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring