Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng badavlat vetnamlik asos solgan kompaniya taniqli gigantlarni ortda qoldirdi

Eng badavlat vetnamlik asos solgan kompaniya taniqli gigantlarni ortda qoldirdi

Foto: 4PDA

Ko‘pchilik VinFast rusumli avtomobillar haqida eshitmagan bo‘lsa kerak. Vetnamning eng badavlat odami asos solgan mazkur kompaniya bir necha yillar ichida ajoyib natijalarga erisha oldi. Xususan, avtomobil ishlab chiqaruvchisi ko‘plab taniqli gigantlarni ortda qoldirib, kapitallashuv reytingida uchinchi o‘rinni egalladi.

28-avgust kuni Vetnamning elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi — VinFastning aksiyalari 21 foizga oshdi.

Natijada 2017-yilda tashkil etilgan kompaniyaning bozor qiymati 160 milliard dollarga yetdi.

Vetnam kompaniyasi bozorda o‘nlab yillar davomida mavjud bo‘lgan Mercedes-Benz (76 milliard dollar), Volkswagen, Ford va Genetal Motors kompaniyalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, endi VinFast Vetnamning eng badavlat odami Fam Nxat Vuongning shaxsan o‘zi tomonidan boshqariladi.  

Joriy yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, AQShda atigi 137 ta VinFast elektromobili ro‘yxatga olingan.

Kompaniya joriy yilning oxirigacha 50 000 ta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, VinFast AQShda yiliga 300 000 dan 450 000 tagacha avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring