Tish cho‘tkalari orqali kiberhujum uyushtirildi

Uch millionta tish cho‘tkasi orqali uyushtirilgan DDoS-hujum oqibatida Shveysariya kompaniyasi bir necha million yevro zarar ko‘rdi.
Tish cho‘tkalarida zararli dasturiy ta’minot ishga tushirilgan — ularning operatsion tizimi Java bazasida bo‘lgani uchun xakerlar buni uddalay olishdi.
Gizmochina ma’lumotlariga ko‘ra, 3 million tish cho‘tkasi ishtirokidagi DDoS hujumi qayd etilgan. Kimning qurilmalari buzib kirilgani noma’lum. Brend nomi oshkor etilmagan.
Xakerlar aqlli cho‘tkalarni buzishga muvaffaq bo‘lishdi, chunki ular tarmoqqa ulangan va ularning operatsion tizimida zaiflik bor. Ularni boshqa qurilmalar, jumladan, smartfon yoki kompyuter orqali boshqarish mumkin.
Xulosa: agar o‘zingizni va qurilmalaringizni himoya qilishni istasangiz, ularning dasturiy ta’minotini o‘z vaqtida yangilang. Bu tishlarni tozalovchi aqlli cho‘tkalarga ham tegishli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter