Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Endi ishda uxlab qolgan xodim uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi (IT-NEWS)

Kunlar isigani sayin ish vaqtida uyqu eltmasligi qiyin masala. Siz ishda uxlab qolganingiz uchun rahbardan dakki eshitish o‘rniga qo‘shimcha haq olishni istarmidingiz? Tushda pul topishni orzu qilmagan kishi bo‘lmasa kerak.

"Tesla"ning Shanxaydagi zavodi karantin talablariga moslashib ishlashga o‘tdi. Xodimlarga ishda tunashga to‘g‘ri kelmoqda. Ammo bu uchun sharoit yo‘q. Ishchilar yerga ko‘rpa to‘shab uxlashga majburlar. Evaziga qo‘shimcha 63 dollar olishyapti. Xodimlarga 3 mahal ovqat va kiyim-bosh beriladi. Dezinfeksiya ishlari ham qat’iy olib borilmoqda.

Shuningdek, koronavirusga test topshirib turishibdi. Zavod ma’muriyati yopiq tartibda ishlash 1-maygacha davom etishini bildirmoqda. Karantin cheklovlari cho‘zilsa, muddat uzayishi ham mumkin. Chunki koronavirusning keng tarqalganligi bois Shanxayda lokdaun e’lon qilingan. Ko‘plab kompaniyalar ishini to‘xtatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring