Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektromobillar tez orada arzonlashib ketishi kutilmoqda

Elektromobillar tez orada arzonlashib ketishi kutilmoqda

Skoda Enyaq iV.

Foto: Focus

Benchmark Mineral Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, litiy-ionli akkumulyator batareyalari tannarxi avgust oyida 10 foizga yoki 1 kVt/soat uchun $98,2 gacha arzonlashdi. Bu esa amalda elektromobillar narxi tez orada ichki yonuv dvigatelli (benzinli) avtomobillar narxi bilan deyarli tenglashishini anglatadi.

Batareyalarning narxi bu darajada pasayishi ikki yil davomida birinchi marta kuzatildi.

Ma’lumki, elektromobillar qiymatining 40 foizigacha bo‘lgan qismi aynan akkumulyatorlarga to‘g‘ri keladi. Shu boisdan akkumulyatorlar uchun xom ashyo narxlarining elektromobillar narxlariga ta’siri katta.

Benchmark Mineral Intelligence tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 kVt/soat elektr energiyasini saqlash 100 dollardan oshmagan taqdirda, avtomobilsozlar nafaqat benzinli dvigatelli mashinalar bilan narxi teng elektromobillar chiqarishlari, balki ular bilan bir xil foyda olishlari mumkin bo‘ladiki, bu elektromobillar biznesi, umuman, sohaning rivoji uchun muhimdir.

O‘n yil avval elektromobillar batareyalarining o‘rtacha narxi 1 kVt/soat uchun $668 edi. 2022-yilning mart oyida ko‘rsatkich $146,4 gacha tushdi, joriy yilning avgustida esa, yuqorida ko‘rsatilgan qiymat ($98,2) shakllandi. TrendForce tahlilchilari ushbu bozordagi narxlar pasayishi kamida 2023-yilning oxirigacha saqlanib qoladi, deyishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring