Dunyodagi eng chaqqon robot

Robototexnika bo‘yicha amerikalik olimlari hozirgi kunga qadar eng kichik va eng yengil bo‘lgan, shu bilan birga eng tezkor ishlaydigan robotlarni loyihalashtirdilar.
Birinchi qurilmaning og‘irligi bor-yo‘g‘i sakkiz milligramm, ikkinchi qurilmaning og‘irligi esa 55 milligramm. Ikkalasi ham suv yoki quruqlik yuzasi bo‘ylab soniyasiga olti millimetrga yaqin masofani bosib o‘tishga qodir.
Mikrorobotlarning o‘ziga xos xususiyati drayvlari bo‘lib, ularning og‘irligi milligrammdan kam. Ular qizdirilganda konfiguratsiyani o‘zgartiradi va keyin asl shakliga qaytadi. Bu xususiyat harakatlanuvchi yoki aylanadigan qismlarsiz juda bardoshli dvigatellar yasash imkonini beradi.
Ular kichik oqim bilan isitiladi va sovutiladi, bu esa mashinalarga oyoq-qo‘llarini soniyasiga 40 martagacha harakatlantirish imkonini beradi. Dastlabki sinovlar davomida mikrodrayver o‘z vaznidan 150 baravar ko‘proq yukni ko‘tara oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter