Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Canva dasturidan ajoyib yangiliklarni kutib oling

Canva dasturidan ajoyib yangiliklarni kutib oling

Foto: Static.tildacdn.com

Canva dizayn platformasi kontent yaratish jarayonini soddalashtirishga yordam beradigan yanada ko‘proq sun’iy intellekt vositalariga ega katta yangilanishni taqdim etdi. Taqdim etilgan yangi xususiyatlarning aksariyati dizaynerlik tajribasiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.

Endilikda Canva onlayn muharriri logotiplar, palitralar, shriftlar va kompaniya brendiga oid boshqa vizual materiallarni ham bir joyda birlashtirgan Brand Hub maydoniga ega. Brand Hub ma’muriyati tasdiqlanmagan kontent va shriftlardan foydalanishni himoya qilish uchun cheklovlar o‘rnatishi mumkin.

Shuningdek Canva yangi xususiyatlari sirasiga rasmdan keraksiz narsalarni olib tashlash imkonini beruvchi Magic Replace vositasini ham qo‘shdi. Mazkur funksiya sun’iy intellekt asosida ishlaydi va asosiy obyektlar va fon obyektlari bilan shug‘ullanadi.

Magic Replace bilan bir qatorda kompaniya Magic Edit vositasini ham qo‘shdi. Uning yordamida foydalanuvchi kerakli obyektni tanlashi yoki uni boshqa narsa bilan almashtirishni mumkin.

Bundan tashqari, onlayn muharrirda taqdimotlar va rasmlar uchun shablon yaratish funksiyasi mavjud. Unga ko‘ra foydalanuvchi taqdimot mavzusini belgilashi va uning mazmunini tavsiflashi mumkin. Shu bilan birga, taqdimotlar uchun matn yaratish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Magic Writer funksiyasi foydalanuvchi tomonidan berilgan mavzu bo‘yicha tayyor matnni ishlab chiqaradi.

Shuningdek, unda dunyoning 100 dan ortiq tillari uchun o‘rnatilgan matnni tarjima qilish funksiyasi mavjud bo‘lib, u rasm matnini tanlangan tilga avtomatik ravishda tarjima qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring