Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bunday natija Toyota tarixida kuzatilmagan edi

Bunday natija Toyota tarixida kuzatilmagan edi

Foto: Ixbt.com

Joriy yilda Toyota tarixda birinchi marta 10 milliondan ortiq avtomobil ishlab chiqaradi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchisi 12 oy davomida 10,2 million dona avtomobil ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Ulardan 3,4 million Toyota va Lexus avtomobillari Yaponiyaning o‘zida, yana 6,8 million dona esa xorijda ishlab chiqariladi. Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 30 va 10 foizga oshishi kerak.

Agar reja muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Toyota birinchi marta yiliga 10 million avtomobil ishlab chiqarish chegarasidan o‘tadi. Avvalgi rekord 2019 yilda 9,05 million avtomobil bo‘lgan edi. 2025 yilga kelib Toyota yiliga 11 million avtomobil darajasiga yetishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring