Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun — Butunjahon o‘rgimchak to‘riga asos solingan kun!

Bugun — Butunjahon o‘rgimchak to‘riga asos solingan kun!

Foto: Mediasat.info

1989-yil 13-mart sanasida Butunjahon o‘rgimchak to‘ri — WWW (World Wide Web) ingliz olimi Tim Berners-Li va uning jamoasi tomonidan asos solingan.

Shu kuni Yevropa yadroviy tadqiqotlar kengashida taqdim etilgan hujjat "Axboriy menejment: ayrim takliflar", deb nomlangan bo‘lib, unda butunjahon o‘rgimchak to‘rining asosiy tamoyillari aks etgan edi.

WWW — internet tarmog‘iga ulangan turli kompyuterlarda o‘zaro bog‘langan hujjatlarga kirishni ta’minlaydigan taqsimlangan tizim. Uni millionlab veb-serverlar tashkil qiladi. Bundan 34 yil avval internet odamlar uchun notanish ixtiro bo‘lgan, bugungi kunda esa kattayu kichikka kundek ravshan va har kuni muomalada.

Asos solingan sanasidan boshlab har yili martning 13-sanasi "Butunjahon internet kuni" sifatida nishonlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring