Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh miya jarohatidan keyin tuzalish endi juda oson

Bosh miya jarohatidan keyin tuzalish endi juda oson

Foto: 4PDA

Stenford universiteti tadqiqotchilari miyaning shikastlangan qismini tiklaydigan va odamlarga bosh miya jarohatidan keyin o‘qish, yozish, eslash va boshqa kognitiv funksiyalarni bajarishni qayta o‘rganishga yordam beradigan miya implantatsiyasini yaratdilar.

Sinov natijalariga ko‘ra, u haqiqatan ham foyda beradi va hattoki tadqiqot ishtirokchilaridan ikkitasi ushbu tajribani to‘xtatishdan bosh tortdilar.

Implant miya travmatik jarohat olgan besh kishida sinovdan o‘tkazildi, ularning barchasida kognitiv muammolar ham bor edi.

Miyadagi neyronlarning har bir sohasi uchun javobgar bo‘lgan implant shikastlangan hududlarni elektr signallari bilan rag‘batlantiradi va ularning faolroq ishlashiga imkon beradi.

Aynan qaysi hududni rag‘batlantirish kerakligini bilish uchun tajribadan oldin har bir ishtirokchi tekshirildi va qurilmaning individual versiyasini oldi.

90 kunlik davolanishdan so‘ng, kuniga 12 soat davomida implantdan foydalangan ishtirokchilarning fikrlash tezligi o‘rtacha 32 foizga yaxshilandi.

Bu muolajaning muvaffaqiyati shunchalik ishonchli ediki, olimlar hattoki davolashning yakuniy bosqichida bir qancha qiyinchiliklarga ham duch kelishdi.

Tajriba davomida uchta ishtirokchi o‘z implantlarini o‘chirib qo‘yishi kerak edi. Ammo ikkita bemor bu eksperimentdan yaxshigina foyda ko‘rayotganini aytib, uni o‘chirib qo‘yishdan bosh tortdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring