Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Bolangizni IT’ga qobiliyati bormi? Aniqlaymiz

Bolangizni IT’ga qobiliyati bormi? Aniqlaymiz

Foto: "canva.com"

Ota-onalar farzandlari uchun darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tanlashni boshlaganlarida, ko‘pincha klassik variantlarga e’tibor berishadi: futbol, ​​raqs, qo‘shiq aytish, musiqa. Kamdan-kam insonlar tanlov qamrovini kengroq olishadi. Bugun biz muqobil faoliyatning afzalliklari haqida gaplashamiz - bolalar uchun dasturlashning afzalliklari.

Bolalar uchun dasturlash bir qarashda imkonsiz bo‘lib tuyuladi. Bu butunlay yangi tilni o‘rganishga o‘xshaydi. Go‘yo bola dasturni o‘zlashtirmaydi yoki darsda zerikadi. Bu afsona.

Ota-onalar «bo‘sh varaq» hodisasini boshdan kechirishlari mumkin. Ularning savollari deyarli bir xil: «IT mening bolam uchun to‘g‘rimi? Necha oydan keyin u dasturlash haqida tushunchaga ega bo‘ladi? Farzandim qachon dasturlash qobiliyatidan foydalana oladi? Bolam eplay oladimi? Bola nimani yaratishi mumkin?». Bunday savollar insonni fikrdan qaytaradi, shuning uchun dasturlash nafaqat bolalar uchun qiziqarli, balki ularning rivojlanishi va kelajakdagi martaba uchun foydali ekanligini tushuntirmoqchimiz.

Farzandingiz dasturlash qobiliyatiga ega ekanligini qanday aniqlash mumkin?

Har bir inson axborot texnologiyalari ko‘nikmalarini o‘rganishi mumkin, lekin ba’zi bolalar buni tezroq oladilar. Biz kelajakdagi IT mutaxassislariga xos bo‘lgan beshta xususiyatni aniqladik:

  • Bola hamma narsani tez «qabul qiladi». Farzandingiz maktab vazifalarini tengdoshlariga qaraganda tezroq hal qilishini va odatda yangi ma’lumotlarni osongina o‘rganishini sezsangiz, dasturlash u uchun.
  • Sersavol. Atrofdagi deyarli hamma narsaga qiziqqanlar rivojlanish olamiga osongina sho‘ng‘ishadi. Dasturlashda bolalar jarayonlarni o‘rganadilar: qanday veb-saytlar yaratilgani, o‘yinlarni ishlab chiqish uchun qanday dastur va tillar kerakligi, qahramonni qanday raqsga tushirish va gapirishni o‘rganadilar. Agar o‘quvchi dastlab IT’da hamma narsa qanday ishlashi bilan qiziqsa, u yangi mavzularga ishtiyoq bilan yondashadi.
  • Sabr-toqat. Kresloda bir necha daqiqa o‘tira olmaydigan juda faol bolalar darslarga diqqatini jamlashda qiynaladi. Dasturlash mayda detallarga e’tibor beradigan va vaqtining bir qismini faol o‘yinlarsiz o‘tkazishga tayyor bo‘lganlar uchun yaxshi tanlov .
  • Mustaqillik. O‘qituvchilar bolani yo‘naltirishi mumkin, ammo u uchun hamma narsani qilib bermaydi. Bu shuni anglatadiki, o‘quvchi bir qator vositalarni (dasturlash tillari, loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar, nazariy baza) qabul qiladi, keyinchalik ulardan mustaqil foydalanadi.
  • Zamonaviy texnologiyalarga ishtiyoq. Agar bola bu yil qanday yangi o‘yin, ilova, telefon va planshetlar paydo bo‘lishi haqida doimo aytib bersa, u allaqachon IT olami haqida ko‘p narsalarni biladi.

Boshlang‘ich bosqichda bola qanday dasturlash tillarini o‘rgana oladi va nimalar yarata oladi? Qaysi onlayn darsliklardan foydalanishi mumkin? Maqolaning ikkinchi qismida aynan shu savollarga javob beramiz. Agar maqola qiziq bo‘lsa, uni yaqinlaringiz bilan bo‘lishing, fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring