Bolalar ongini reklama bilan zaharlamaslik kerak
AQSh Prezidenti Jo Bayden shunday fikrda. U bolalarga mo‘ljallangan reklamalarni taqiqlashni istaydi va Kongressga murojaatida bunga oid qonun loyihasi ishlab chiqish taklifini berdi. Prezident ijtimoiy tarmoqlarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratyapti va bu yo‘lda maqsadli reklamalar (target)ni bolalar auditoriyasidan soqit qilmoqchi.
Agar bu bo‘yicha qonun kuchga kirsa, gigant kompaniyalar reklamalarda bolalardan foydalanish, ularga atab reklamalar yaratishdan to‘xtaydilar. "Bolalarni tajriba quyonchalariga aylantirmang", deyapti Bayden.
Oq uy ijtimoiy tarmoqlarda bolalar xavfsizligini ta’minlashning moliyaviy xarajatlarini o‘rganadi. Prezident bu uchun davlat byudjetidan 5 million dollar ajratish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter