Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya forumi

IT  sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya forumi

Joriy yilning 19-sentyabr kuni ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 doirasida  IT sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya forumi tashkil etildi.  Forum  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari,  shuningdek,  autsorsing  sohasida O‘zbekiston  va  Koreya  kompaniyalari  o‘rtasida  B2B-maslahatlar  va  korporativ aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Tadbirda Koreya Respublikasi elchixonasi, IT  Park, “KOICA”, “GBTP” vakillari,  shuningdek,  O‘zbekiston  va  Koreya  IT kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, IT sohasida texnologiyalar almashinuvi va kadrlar salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish, O‘zbekiston  va  Koreya  kompaniyalari  uchun  B2B-maslahatlar  va  aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini yaratishdan iborat edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda IT Park Uzbekistan va Koreya IT bozori o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli  darajada  kuchaymoqda.  Koreya  IT-kompaniyalari  O‘zbekistonga  faol  kirib  kelmoqda va ikkala mamlakatda ham IT-sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim memorandumlar imzolandi. Muhim qadamlardan biri IT Park Uzbekistan va “ Korea Institute of International  Cooperation” (KIIC) o‘rtasida O‘zbekiston-Koreya IT-biznes alyansini ta’sis etish  to‘g‘risidagi  memorandumning  imzolanishi  bo‘ldi,  bu  ikki  mamlakatning  texnologik  sohalari  o‘rtasidagi  aloqalarni  yanada  mustahkamladi. 

“KIIIC”  — mamlakatlar  o‘rtasida  sanoat  hamkorligini  mustahkamlash  va  ilg‘or  ta’lim  dasturlarini  joriy  etish  bilan  shug‘ullanuvchi  tashkilotdir.  Kelishuvga  ko‘ra,  O‘zbekistondan Koreya bozoriga IT-xizmatlar eksportini ilgari surish, kompaniyalar  bilan  muzokaralarga ko‘maklashish  va  O‘zbekistonni  autsorsing  uchun  yangi  yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish uchun Koreyada ham, O‘zbekistonda ham hamkor  IT-ofislar tashkil etiladi.

Hozirgi  kunda  IT  Park Uzbekistan Koreya  rezidentlari  soni  18 ta bo‘lib,  2024-yilning birinchi yarmida Koreyaga IT-xizmatlar eksporti 2,6 million dollarga yetdi (2023-yilda  bu  ko‘rsatkich  600  ming  dollarni  tashkil  etgan  edi).  O‘zbekistondan Koreyaga eksport qiluvchi kompaniyalar soni 12 taga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring