Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayti - autizmga chalinganlar uchun ochiq soha

Ayti - autizmga chalinganlar uchun ochiq soha

Foto: "Habr.com"

Rossiyadagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan “NtechLab”, “MTS AI” va “MVS Group” kompaniyalari autizmga chalinganlarni ishga qabul qilishni ko‘zda tutishmoqda. Yaqin orada kompaniyalar ayti sohasida bandlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishchi guruh tuzadilar.

Ular hozircha xodimlar uchun ikki foizgacha kvota joriy etish masalasini ko‘rib chiqishdi. “NtechLab” joriy yilning may oyida ma’lumotlarni yorliqlash bo‘limiga autizm qayd etilgan ikki xodimni ishga oladi. Kompaniya 2022 yil oxirigacha jamoaga 20-30 potensial ish beruvchi xodimni olib kelishdan umidvor.

“MVS Group” esa 2020 yildan buyon autizmga chalinganlarni inklyuziv yollash dasturini amalga oshirayotgan bo‘lib, hozirda tashkilotda 20 nafar shunday xodim ishlaydi. Ular foto va videokameralardan olingan ma’lumotlarni oldindan qayta ishlash va neyron tarmoqlarni o‘rgatish bilan band.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring