Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Aqlli chorraha”da “aqlli svetofor”

“Aqlli chorraha”da “aqlli svetofor”

Foto: Xabar.uz

Namangan shahrida Aqlli shahar konsepsiya doirasida yo‘l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirish choralari ko‘rilmoqda. “Aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimlarini amaliyotga kengroq joriy qilish maqsadida o‘tkazilgan loyiha taqdimoti ham shu chora-tadbirlar natijasidir.

Taqdimotda Namangan shahri hokimi, transport vazirligi, IIB YHX shahar bo‘limi vakillari hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihachilari, HUAWEI TECHNOLOGIES kompaniyasi vakillari ishtirok yetishdi.

“Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan aqlli svetofor yo‘ldagi mashinalar soniga qarab, uzoq yoki qisqa muddatda mashinalarga ruxsat belgisini yoqib turadi. Piyodalar yo‘lagida o‘rnatiladigan yo‘l belgisi odam qadamini sezadi va piyoda yaqinlashganda “peshexod” belgisini yoqadi”, — dedi loyiha tashkilotchisi Mirali Umarov.

Loyihani muhokama etish jarayonida sinov tariqasida bitta chorrahani mukammal tashkil etish belgilandi. Agarda tirbandliklarning oldi olinib, transport qatnovi maromida harakatlanishiga erishilsa, boshqa chorrahalarda ham bu loyihani joriy etishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring