Applening yana uchta gadjeti rasman “nafaqaga chiqdi”

Apple har xil turdagi "vintage" qurilmalari, aksessuarlari va boshqa gadjetlari ro‘yxatini yangiladi.
Apple besh yildan ortiq, lekin yetti yildan kamroq vaqt oldin rasman sotilishini to‘xtatgan qurilmalar vintage hisoblanadi. Bu holat kompaniya gadjetni ta’mirlash uchun qabul qilishda davom etishini anglatadi, lekin uni faqat ehtiyot qismlar mavjud bo‘lganda amalga oshiradi.
Bunday "nafaqaxo‘rlar" ro‘yxatiga iPhone X, shuningdek HomePod aqlli karnay va birinchi avlod AirPods quloqchinlari qo‘shildi.
iPhone X 2017-yilda taqdim etilgan. Bu Apple uchun bir necha jihatdan birinchi bo‘ldi: Home tugmasi, Face ID va AMOLED-ekransiz ramkasiz dizayn.
HomePod WWDC 2017 ko‘rgazmasida e’lon qilindi va original AirPods 2016-yil sentyabr oyida iPhone 7 bilan birga e’lon qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter